Lug'at — AI atamalari
AI dunyosida ko'p atama ingliz tilidan kelgan va chalkash tuyuladi. Bu lug'at — eng ko'p uchraydigan tushunchalarning sodda izohi, o'zbek tilida. Har atama yonida tegishli to'liq qo'llanmaga havola bor.
Asosiy tushunchalar
AI (Sun'iy intellekt) — kompyuterning odam kabi vazifalarni (tushunish, yozish, qaror qabul qilish) bajarishi. Eng keng atama. → AI nima
ML (Machine Learning, mashina o'rganishi) — kompyuter ma'lumotdan namuna o'rganadigan usul, qo'lda dasturlanmaydi.
LLM (Katta til modeli) — juda ko'p matnda o'qitilgan, keyingi so'zni bashorat qiluvchi model. ChatGPT, Claude — LLM'lar. → AI nima
Model — o'qitilgan AI tizimi (masalan, GPT, Claude, Gemini). → Qaysi modelni tanlash
Multimodal — matn bilan birga rasm, audio, videoni ham tushunadigan model.
Model va token
Token — modelning matn "bo'lagi": so'z, so'z qismi yoki belgi. Narx va limit tokenda o'lchanadi. → AI nima
Kontekst oynasi (context window) — model bir vaqtda "eslab tura oladigan" maksimal token miqdori. → Kontekst oynasi
Parametr — modelning ichki "sozlamalari" soni; ko'pi odatda kuchliroq (lekin sekinroq, qimmatroq).
Tier (o'lcham) — bir oiladagi model kattaligi: kichik (tez, arzon) → katta (kuchli, qimmat). → Qaysi modelni tanlash
Training cutoff — model o'qitilgan ma'lumotning eng so'nggi sanasi; undan keyingi voqealarni bilmaydi.
Temperature — javob "ijodkorligi"ni boshqaruvchi parametr: past = aniq/barqaror, yuqori = xilma-xil/ijodiy.
Latency (kechikish) — so'rovdan javobgacha o'tgan vaqt. → Javob tezligi
Prompting
Prompt — modelga beriladigan ko'rsatma yoki savol. → Prompt asoslari
System prompt — modelning rolini va qoidalarini belgilovchi "asosiy ko'rsatma". → System prompt
Zero-shot — misolsiz, faqat ko'rsatma bilan so'rash.
Few-shot — promptda bir nechta misol berib, modelni yo'naltirish. → Few-shot va CoT
Chain-of-Thought (CoT) — modeldan "qadam-baqadam fikrla" deb so'rash; murakkab mantiqda aniqlikni oshiradi. → Few-shot va CoT
Gallyutsinatsiya (hallucination) — model ishonch bilan noto'g'ri yoki to'qib chiqarilgan javob berishi. → AI nima
Structured output — javobni qat'iy formatda (masalan JSON) qaytarish. → Hujjat avtomatlashtirish
Agent va MCP
Agent — faqat matn yozmasdan, vositalar (tool) orqali harakat qiladigan AI (fayl o'qiydi, API chaqiradi, vazifa bajaradi).
Tool (asbob) / function calling — modelning tashqi funksiyani chaqirishi (qidiruv, hisob, API).
MCP (Model Context Protocol) — agentni tashqi tizimlarga ulashning standart protokoli. → MCP nima
MCP server — agentga aniq imkoniyatlar (tool, ma'lumot) beradigan dastur. → MCP server yozish
stdio / HTTP transport — MCP server bilan ulanish usuli: lokal jarayon yoki tarmoq orqali. → MCP ulash
Prompt injection — zararli matn orqali agentni aldab, noto'g'ri buyruq bajartirish hujumi. → MCP xavfsizligi
Orkestrator — ko'p agentli tizimda vazifani bo'lib, ishchi agentlarga taqsimlovchi agent. → Ko'p agentli tizimlar
Agent xotirasi — agentning suhbatlar orasida ma'lumotni saqlab qolishi. → Agent xotirasi
CLAUDE.md — Claude Code agenti uchun kontekst, qoida va xotira fayli. → CLAUDE.md fayli
Bilim va ma'lumot
RAG (Retrieval-Augmented Generation) — modelga javob berishdan oldin tegishli hujjatlarni topib berib, aniqlikni oshirish usuli.
Embedding — matnni model tushunadigan raqamlar vektoriga aylantirish; o'xshashlik qidiruvi uchun ishlatiladi.
Vektor baza (vector DB) — embedding'larni saqlab, ma'no bo'yicha qidiradigan baza.
Fine-tuning — tayyor modelni o'z ma'lumotingizda qo'shimcha o'qitib, vazifaga moslashtirish.
Ikkinchi miya (second brain) — shaxsiy bilimlarni tizimli saqlash va AI bilan ishlatish. → Ikkinchi miya
Optimizatsiya va xarajat
Token tejash — kerakSiz tokenni kamaytirib, narx va tezlikni yaxshilash. → Token tejash
Model routing — vazifaga qarab arzon yoki kuchli modelni tanlash. → Token tejash
Prompt caching — takrorlanuvchi kontekstni keshlab, narx va kechikishni kamaytirish.
Batch (paketli ishlov) — ko'p so'rovni birga, arzonroqda qayta ishlash.
Avtomatlashtirish
Workflow — bosqichlardan iborat avtomatik ish jarayoni. → n8n + AI
Webhook — bir tizim boshqasiga hodisa yuz berganda yuboradigan avtomatik signal.
Cron — vazifani belgilangan vaqtda avtomatik ishga tushiruvchi rejalashtiruvchi. → Rejalashtirilgan agentlar
Idempotentlik — bir amalni necha marta takrorlasang ham natija bir xil bo'lishi (avtomatlashtirishda muhim). → Rejalashtirilgan agentlar
Keyingi qadamlar
- AI va LLM nima? — asoslardan boshlang
- Prompt asoslari — model bilan to'g'ri gaplashish
- MCP nima — agentga kuch berish